1914-yilda Pablo Pikasso hamrohi bilan sayr qilib yurganida harbiy texnika karvonini koʻrib qoladi. Toʻplarga niqoblanish uchun boʻyoq bilan zigzag chiziqlar chizilgan edi. Rassom: «Ular shaklni xuddi biz kubistlar kabi qismlarga ajratishmoqda», deb taʼkidlaydi. Keyinchalik esa: «Agar ular armiyani koʻrinmas qilmoqchi boʻlishsa, uni ... kiyintirishlari kerak», deb qoʻshimcha qiladi. Pablo Pikasso harbiylarni kimning libosiga kiyintirishni taklif qilgan?