Amerikaliklar oʻzlariga xos oʻziga ishonch bilan BU narsa ilk bor 1913-yil Rojdestvo arafasida AQSHda paydo boʻlgan deb hisoblashadi. Inglizlar esa BU ularga XIX asrdayoq maʼlum boʻlganiga aminlar. Biroq Janubiy Afrika Respublikasi aholisi na u na bu tomon bilan kelishadilar. Ularning fikricha, birinchilik asrimiz boshida uch yillik qamoq jazosini oʻtagan va zerikkanidan nima qilishni bilmagan vatandoshlari Viktor Orvillga tegishli. Hozir unga aynan nima BU narsa haqida gʻoya berganini aytish qiyin. Baʼzilar kamerasining tosh plitalar bilan qoplangan polini aytishadi; menga esa derazasidagi panjara koʻproq ehtimoldek tuyuladi. Nima boʻlganda ham, bir kuni Orvill stolga oʻtirib xat yozdi. Taxmin qilib koʻring, bu xat qayerga yuborilgan edi?
Kapshatdt (Keyptaun) shahridagi yirik gazeta tahririyatiga. Gap krossvord haqida ketmoqda.