1913-yil yanvar oyida fanatik Balashov koʻrgazma zalida I.E. Repinning "Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan" polotnosini pichoq bilan kesib tashladi. Restavratsiya uchun rassom chaqirildi. Bu rassom shikastlangan joylarni qandaydir binafsha ranglarga boʻyab, rasmni deyarli buzib qoʻyishiga sal qoldi va restavratorlar rasmni katta qiyinchilik bilan qayta tiklashga muvaffaq boʻlishdi. Hurmatli bilimdonlar! Ayting-chi, bunday "qoʻli gul boʻlmagan" rassomning tanlanishiga nima sabab boʻlgan?
Bu ILYA REPINning oʻzi edi, uning dunyoqarashi qariganida juda oʻzgargan edi.