Rasmdagi go'dakni yutayotgan ilon Viskonti oilasining shajaraviy afsonasidagi qonxo'r ajdahoni anglatadi. Ushbu ajdahoni o'ldirgan Viskontilar sulolasi asoschisi Umberto uning tasvirini o'z gerbiga joylashtirgan. 1910-yildan boshlab bu ajdaho, ta'bir joiz bo'lsa, ommaviy ishlab chiqarishga chiqdi. Gap nima haqida ketayotganini topib, 1955-yildan 1962-yilgacha ushbu ishlab chiqarish bilan mantiqan birlashtirilgan ikki qahramonni ayting.