1907-yilda "Rolls-Roys" kompaniyasi "Silver Ghost", yaʼni "Kumush ruh" deb nomlangan modelni ishlab chiqarishni boshladi. Shu bilan oʻziga xos anʼanaga asos solindi. Keyinchalik, kompaniya avtomobillari aristokratlar orasida muvaffaqiyat qozona boshlaganda, bir jurnalist ushbu anʼanaga ishora qilib, "Rolls-Roys"ni maʼlum bir soʻz birikmasi bilan atadi. Oʻzini ushbu soʻz birikmasi bilan atagan erkakni ayting.