1907-yilda dunyoga kelgan ushbu mashhur shaxs hayotidagi eng katta 2-baxtsiz hodisadan soʻng, toʻshakdagi vaqtini tanasidagi gipsga rasmlar chizish bilan oʻtkazardi. Hayoti davomida 143 ta asar yaratgan uning eng taniqli asarlari otasi maxsus ravishda shiftga oʻrnatgan oynaga qarab chizgan avtoportretlaridir. Oxirgi jumlada bir soʻz va bir soʻzda bir necha harflar tushirib qoldirilgan. Oʻsha soʻzni va harflarni tiklab, soʻzni asl shaklda javob kartangizga yozing.