1907-yilda Sergey Raxmaninov shveysariyalik simvolist rassom Arnold Beklinning "Oʻliklar oroli" asari reproduksiyasini koʻrib, shunchalik hayratga tushadiki, shu nomli simfonik fantaziya yozadi. Keyinchalik kompozitor asarning originalini koʻrganda, undan qattiq hafsalasi pir boʻladi. Raxmaninov agar darhol originalni koʻrganida, balki bu asarini yozmagan boʻlishini tan oladi. Ayting-chi, oʻsha reproduksiyaning qanday xususiyati bor edi?