1904-yilda Artur Konan Doyl dahshatli avariyaga uchradi. Uning avtomobili qiyalikdan koʻtarilayotganda ustunga urilib, boshqaruvni yoʻqotdi; haydovchi va yoʻlovchi mashinadan otilib ketdi, mashina esa agʻdarilib, butun ogʻirligi bilan Doylning ustiga tushdi. U yuztuban yotardi va mashina dahshatli kuch bilan uni shagʻalga botirardi. U na qimirlay olar, na ingray olardi. "Men ogʻirlik har daqiqada ortib borayotganini his qilardim va umurtqam qancha vaqt chiday olishi haqida oʻylardim" — Doylning ushbu soʻzlariga izoh berar ekan, yozuvchi biografi Maksim Chertanov oʻsha daqiqalarda bechora doktor oʻzining "Barmoq"i haqida oʻylagan boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi. Aynan qaysi "Barmoq" haqida?