1904-yilda Sent-Luisdagi katta yarmarkada havo juda issiq edi va "zalabiya" deb ataladigan arab shirinliklarini sotuvchi kishi oʻz molini hech sota olmasdi — hamma tashrif buyuruvchilar qoʻshni muzqaymoq sotuvchisining chodiriga yugurishardi. Biroq uning ham ishlari unchalik yurishmasdi — muzqaymoq tez erib ketardi, bu esa odamlarga yoqmasdi. Shunda "zalabiya" sotuvchisi qoʻshnisiga hamkorlik qilishni taklif qildi — ular juda yaxshi biznes qilishdi va keyinchalik bu gʻoyani patentlashdi. Xoʻsh, "zalabiya" deb ataladigan arab shirinligi nima oʻzi?
Vafli. Ular muzqaymoq uchun vafli stakanchalarini oʻylab topishgan.