1902-yilda Angliyaning kichik Denmark-Hill shaharchasida Garri Jekson ismli shaxs tomonidan bilyard sharlarini oʻgʻirlash ishi boʻyicha sud jarayoni boʻlib oʻtdi. Bu mutlaqo arzimas ish boʻlishiga qaramay, tarixga kirdi. Nima uchun?
Bu ayblov jinoyatchining barmoq izlari orqali identifikatsiya qilinishiga asoslangan birinchi holat edi.