Ushbu o‘yinlarning ikkalasi ham olimpiada dasturiga faqat bir marta, 1900-yilda kiritilgan. Birinchisi, Zimbabve prezidenti Robert Mugabe fikricha, zimbabveliklarga "jyenlmenlar millati" bo‘lishga yordam beradi. Ikkinchi o‘yin Fransiyada tug‘ilgan, ammo boshqa bir mamlakatda u noan’anaviy sport anjomlari yordamida o‘ynalgani haqida ma’lumotlar yetib kelgan. Bir daqiqadan so‘ng, bir-biridan faqat bir harf bilan farq qiladigan ushbu o‘yinlar nomini ayting.