KOKAINdan boshlaymiz. Uyqusiragan isteʼmolchilar koʻpincha KOKAIN solingan paketchalarni polga tushirib yuborishardi va kukun sochilib ketardi. Bu, tabiiyki, hech kimga yoqmasdi. Keyinchalik KOKAIN oʻrnini GEROIN egalladi va 19-asr oxirida bir dorishunos uni shisha idishlarda chiqarishni oʻylab topdi. Lekin bu ham unchalik qulay emas edi. Tez orada shifokor Vashington Sheffild GEROIN uchun hozirda deyarli hamma foydalanadigan yangi idish oʻylab topdi. Ayting-chi, biz "KOKAIN" va "GEROIN" soʻzlari bilan nimani almashtirdik?