Nayrobidan Keniya poytaxtining shimolida joylashgan Nanyukiga ketayotib, savol muallifi bir qishloqda toʻxtadi. Jip tomon yugurib chiqqan mahalliy aholi suvenirlar sotish oʻrniga, teshigi bor idishni olib kelishdi, uni suv bilan toʻldirishdi va 19-asrdagi fransuz olimining familiyasini baqirib ayta boshlashdi. Bu bilan ular savol muallifini oʻz bilimlaridan hayratda qoldirishdi. Siz ham ushbu olimning familiyasini ayting.