19-asr boshlarida ushbu kasb egalari tez qoʻzgʻaluvchan, unchalik aqlli boʻlmagan, soʻzlarni chalkashtirib yuboradigan va titroq bosgan odamlar sifatida tanilgan. Ushbu kasb kasalligi materiallarga ishlov berishda ishlatiladigan simobdan doimiy zaharlanish bilan bogʻliq edi. Ingliz yozuvchisi oʻz ertagidagi qahramonlardan biriga aynan shu kasbni bergani bejiz emas. Bu qaysi kasb?