19-asrda yozilgan bir asar qahramoni oʻziga tunash uchun boshpana izlasa-da, uni qayerga borsa ham haydab yuborishadi. Bir safar bir kampir uning tosh oʻrindiq ustida yotganini koʻrib, nega bu yerda yotganini soʻraganida, u “men 19 yil taxtalar ustida yotganman” deb javob beradi. Siz esa gap kim haqida ketayotganini javob kartangizga yozing.