19-asrda yashagan Elias Xou zamonaviy IKSning otasi hisoblanadi. Eliasning IKSni toʻlaqonli yaratishi, bir kichik detalga taqalib qolgan edi. Ushbu detal haqidagi oʻylar bilan uxlagan Elias, tushida, uchida teshigi bor nayza koʻtarib olgan yovvoyi odamlar qabilasini koʻradi. Uygʻongach, oʻsha kuniyoq IKSni toʻlaqonli yakuniga yetkazadi va patentlaydi. Savol: IKS nima ekanligini ikki soʻzda yozib bering.