Akusher-shifokor Jeyms Simpson 1847-yil 19-yanvarda dunyoda birinchi boʻlib tugʻruqni ogʻriqsizlantirish uchun efirni qoʻlladi. Taqvodor dindor inglizlar uchun yangi hayot dunyoga kelishidagi anesteziya bidʼat va imondan qaytishdek tuyuldi. Ayblovlardan himoyalanish uchun Simpson Bibliyadan foydalandi. U ruhoniylarga Injil matnlariga koʻra Havvoning Odam Atoning qovurgʻasidan yaratilishini tasvirlovchi qadimiy gravyurani taqdim etdi. Shifokor oʻz pozitsiyasini himoya qilish uchun ushbu gravyurada aks etgan qaysi faktni keltirdi?
Qovurgʻa olinayotgan vaqtda Odam Ato xotirjam uxlashda davom etgan.