1897-yilda Bayer firmasi oʻz kimyogarlari tomonidan sintez qilingan ikkita preparatni reklama qildi. Ulardan biri — barchangizga tanish aspirin. Ikkinchi preparat yoʻtal, astma va pnevmoniyaga qarshi vosita sifatida reklama qilingan va ayniqsa AQSHda juda mashhur boʻlgan. Biroq, tez orada ushbu preparatning zarari haqida ilmiy maqolalar paydo boʻla boshladi va 1913-yilga kelib uni ishlab chiqarish toʻxtatildi. Ushbu preparat qanday nomlangan edi?