1895-yil Pesht shahrida Imre Uri tomonidan temir-karetalar ustaxonasi sifatida asos solingan ushbu kompaniya keyinchalik avtobus kuzovlari va samolyotlar ishlab chiqarish, avtomobil texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadi. 2-jahon urushidan soʻng samolyot ishlab chiqaradigan aksionerlik jamiyati bilan birlashadi va oʻzining 70-80 yillarda mashhur boʻlgan “balandparvoz” nomini oladi. Diqqat savol: Ushbu kompaniya nomini yozib bering. || 1923-yil Belgrad yaqinidagi Zemun shaharchasida samolyot ishlab chiqarishga moslashgan aksionerlik jamiyatiga asos solinadi. 2-jahon urushidan soʻng ushbu tashkilot bazasida avtobuslar ishlab chiqara boshlashadi. 1992-yilda Vengriyadagi oʻziga otdosh boʻlgan kompaniya bilan yuridik kelishmovchiliklardan soʻng, oʻz nomiga bir harfni qoʻshib oladi va yangi nomga ega boʻladi. Diqqat savol: Ushbu yangi nomni yozib bering.