1895-yilda O.Genri shunday yozgan edi: "AQSHdagi eng mashhur va hamma sevgan qiz — Filadelfiyalik miss Anni Vilyamsdir. Hayotida bir marta boʻlsa ham uning tasviriga ega boʻlmagan inson yoʻq, uning tasviriga ega boʻlishni eng mashhur goʻzallarning suratidan ham koʻproq xohlashadi. Shunga qaramay, bu kamtarin, yoqimli qiz klassik goʻzallik turidan ancha yiroq. Miss Vilyams yaqinda turmushga chiqadi, lekin uning tasviri uchun kurash avvalgidek davom etadi deb oʻylaymiz". Nima uchun?
Uning tasviri bir dollarlik tangada aks ettirilgan.