Edison kompaniyasi xodimi Edvard Jonson birinchi boʻlib UNI keyinchalik anʼanaviy boʻlib qolgan atribut bilan taʼminladi. Ingliz muhandisi Ralf Morris esa hech narsa ixtiro qilib oʻtirmadi — shunchaki telefon taqsimlash shitlaridan bir narsani sugʻurib olib, UNGA osib qoʻydi. 1895-yilda U birinchi marta Oq uyda, 1906-yilda esa Finlyandiyada koʻchada ushbu atribut bilan paydo boʻldi. UNI nomini aytish shart emas — atributni ayting.