zakovatklubi.uz

1893-yilda chiqqan ingliz muallifi asarida bu personaj asosan maymunlarni ovlashi keltirilgan. Uning rangi sariq, terisida yoʻlbarsnikidek dogʻlar boʻlgani aytiladi. U oʻzini dunyodagi eng qadimiy jonzot ekanligini aytib magʻrurlanar edi. Diqqat savol: Bu personaj nomini yozib bering. || 1944-yil 9-avgust kuni SSSR Mudofaa qoʻmitasi qarori bilan Minskda avtoremont zavodi tashkil etilgan. Bu sana ushbu markali mahsulotning "tugʻilgan" sanasi deyish mumkin. Aynan bu mahsulotga mashxur "Katyusha" minomyotlari oʻrnatilgan. Diqqat savol: Ushbu zavod nomi qanday ataladi? || Bu ishlab chiqarish birlashmasiga tamal toshi 1969-yili qoʻyilgan. Dastlab uning emblemasi faqat oddiy harflardan iborat edi. 1988-yilga kelibgina unda afsonaviy turkman argʻumogʻi paydo boʻlgan. U "Dakar" rallisida "Man", "Iveco", "DAF" kabi yetakchilarni ortda qoldirib 17 marta bu musobaqada gʻolib boʻlgan. Bu zavodning mashxur mahsuloti nomini yozib bering.

Manba