Ushbu savolda biz maʼlum bir soʻzni AYIQCHA soʻzi bilan almashtirdik. 1893-yilda mashhur yozuvchining onasi Angliyadagi qaynonasiga shunday deb yozgan edi: "Kichkintoy oq burmali kiyimlar va oq botinkalar kiyib olganida xuddi AYIQCHANING oʻzginasi. Kiyimsiz holatida esa, menimcha, AYIQCHAGA yanada koʻproq oʻxshaydi". Qiziqarlisi shundaki, AYIQCHA ushbu yozuvchining eng mashhur asari bosh qahramonlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yozuvchini nomlang.