1891-yilda Fransiyadagi baʼzi jamoat joylarida quyidagi moslamalar oʻrnatilgan: stol chetiga perpendikulyar ravishda uzun suriluvchi tayoq mahkamlangan, undan ham perpendikulyar ravishda uchi yumshoq material bilan qoplangan ayrisimon tayoq chiqqan. Bu nima uchun ishlatilgan?
Ayri bolaning peshonasiga tirab qoʻyilgan, bu unga yozish va oʻqish paytida egilishga yoʻl qoʻymagan.