1890-yilda Rossiyaga yapon faylasufi va donishmandi Fukuruma tashrif buyuradi. G'alati bo'lsa-da, u o'zi bilan butun oilasini olib kelgan edi. Yanada g'alatirog'i shundaki, uning oilasida o'zidan baland yoki hech bo'lmaganda u bilan bo'yi teng birorta ham odam yo'q edi, vaholanki uning o'zi ham ancha past bo'yli bo'lgan. Biz sizdan uning Rossiya va Yaponiya o'rtasidagi madaniy aloqalar tarixida qanday iz qoldirganini so'ramaymiz, biz sizdan uning oilasida nima uchun hech kim undan baland bo'lmaganini va bo'lishi ham mumkin emasligini aytishingizni so'raymiz?
Bu usta Milyutin yasagan matryoshkaning prototipi edi.