Fransiyaning Konfalan qishlogʻida, Krez daryosining ikki tarmogʻi tutashgan joyda ulkan eman daraxti oʻsardi. 1889-yil mart oyida uni Klod Mone koʻrib qoladi va boʻlajak asari uchun bir qator xomaki chizmalar tayyorlaydi, ammo tez orada ishlari bilan ketib qoladi. Ikki oydan keyin ishni tugatish uchun qaytib kelganida, eman oʻsayotgan yer egasidan unga yordam berishini iltimos qiladi. Klod Mone oʻsha davr uchun katta pul boʻlgan 50 frankni nima uchun toʻlashiga toʻgʻri kelgan?