zakovatklubi.uz

1888-yili 5-avgust kuni Berta Bens xonim eri Karl Bens ixtiro qilgan mashinani haydab, 106 kilometr uzoqlikdagi Pforsxaym shahriga onasini koʻrgani yoʻl oladi. Bu insoniyat tarixidagi mashinada qilingan ilk uzoq safar boʻlgan. Berta xonim safar davomida juda koʻp qiyinchiliklarga duch keladi. Masalan, hali mashinaga moslashgan yoʻllar mavjud emas edi, shuningdek manzilni adashmay topib borish uchun yoʻl koʻrsatkichlari yoki maxsus xaritalar ham yoʻq edi. Bunday qiyin vaziyatda Berta xonim zukkolik bilan muammoga yechim topadi. Diqqat savol, u manzilni qanday qilib adashmay topib borgan?

Manba