1888-yil Uaytchepelda mahalliy etikdoʻz Jon Payzer bir nechta ayolning qotili sifatida gumonlanib politsiya tomonidan qamoqqa olinadi. Lekin mustahkam alibi sabab politsiya Payzerni qoʻyib yuborishga majbur boʻladi. Bundan tashqari Jon Payzer gazetalardan oʻzini U deb atashgani uchun maʼnaviy zarar puli undiradi. Savol: U deganda kim nazarda tutilganini ikki soʻzda yozib bering.