"Bobbi"lar fikricha, bu rolda kimlar boʻlmagan deysiz! 1888-yilda bu qirolicha Viktoriyaning nabirasi, fohishaxonalardan chiqmaydigan va zaxm kasalligidan vafot etgan gersog Klarens deb oʻylashgan. Keyin uni impressionist rassom Uolter Sikert deb hisoblashgan. Boshqalar esa uni chala oʻqigan talaba Montegyu Druitt yoki tovlamachi Nil Krim deb bilishgan. Hozirda ingliz politsiyachilari uning ismi Frensis Tamblti boʻlgan va u AQSHlik jarroh boʻlgan deb hisoblashadi. Endi uning 1888-yilda Londonning Uaytchappel tumanida hukmronlik qilgan ismini eslang.