Rossiyaga qilgan safari taassurotlari haqida gapirar ekan, bir chet ellik oʻzi uchun gʻalati tuyulgan holatlar qatorida rus haydovchilari BIRINCHILAR oʻrniga IKKINCHILARDAN foydalanishni afzal koʻrishlarini aytib oʻtgan. BIRINCHILAR 1885-yilda AQSHda paydo boʻlgan, bizga tanish koʻrinishni esa shved Nils Bolin tufayli olgan. Savol muallifi oʻz kompyuteri ekraniga bir qarab, 20 dan ortiq IKKINCHILARNI topdi. Bir daqiqadan soʻng BIRINCHI va IKKINCHILARNI toʻgʻri tartibda ayting.