Bunday voqealar juda kam uchraydi. Butun tarix davomida buni faqat ikki juftlik va jami olti marta amalga oshira olgan. Birinchi marta buni 1884-yilda Angliyada Mod va Lillian qilishgan. 100 yildan koʻproq vaqt oʻtgach, boshqa bir juftlik bu yutuqni besh marta takrorladi. Bugungi kunga kelib oxirgisi — 2003-yilda Avstraliyada boʻlgan. Agar bu qanday yutuq ekanligini topgan boʻlsangiz, ularning ismlarini ayting.