Efiopiyaning poytaxt borasida omadi kelmadi: poytaxt hali toʻliq qurib bitkazilmasdan, yangi joyga koʻchishga majbur boʻlardi. Faqat 1883-yilda Avstraliyadan olib kelingan evkalipt shaharni yangi koʻchishdan saqlab qoldi. U buni qanday uddaladi?
Poytaxt oʻtin yetishmasligi sababli yangi joyga koʻchib oʻtardi, chunki atrofdagi oʻrmonlar tezda kesib bitirilardi. Evkalipt esa tez oʻsadi va shuning uchun moʻl-koʻl oʻtin beradi.