1882-yilda Ch. Darvin Kembrij universitetining faxriy doktori unvonini oldi. Darvinni doktorlikka qabul qilish marosimida talabalar yuqoridan arqon yordamida olimning qo‘liga kichkina o‘yinchoq maymunni tushirishdi. Bu sovg‘a uning hayvonot dunyosi rivojlanishi va insonning kelib chiqishini o‘rganishdagi ulkan xizmatlarini ramziy ifodalagan edi. Oradan 30 yil o‘tib, boshqa bir olimni doktorlikka qabul qilish paytida uning qo‘liga kichkina jingalak o‘yinchoq kuchukcha tushirildi. Bu safar Kembrijning faxriy doktorligiga kim qabul qilinayotgan edi?