Ikkinchi jahon urushi yillarida, rasmlari qarshingizda turgan tanklarga qarshi ham qoʻllanilgan zirh teshuvchi oʻq va snaryadlarni tayyorlashda uglerod birikmalaridan biri ishlatilgan. Ushbu birikmaning rus tilidagi qisqartma nomi 1881-yilda tugʻilgan insonning initsiallari bilan mos keladi. Birikmaning formulasi esa 1874-yilda tugʻilgan insonning initsiallari bilan mos keladi. Ushbu tanklarga bevosita aloqador boʻlgan yuqoridagi shaxslarni ayting.