1880-yildagi maktubida Turgenev fransuz muharriri Edmon Abuga shunday yozgan edi: "... Bu ulkan asar epik ruh bilan sugʻorilgan, unda Rossiyaning asrimizning ilk yillaridagi shaxsiy va ijtimoiy hayoti haqiqiy usta qoʻli bilan tasvirlangan. Kitobxon koʻz oʻngidan buyuk voqealar va yirik siymolarga boy butun bir davr oʻtadi... Jamiyatning barcha qatlamlariga mansub, toʻgʻridan-toʻgʻri hayotdan olingan koʻplab tiplarga ega butun bir olam qad koʻtaradi...". Biz sizdan Turgenev muharrirga ushbu xatni nima munosabat bilan yozganini soʻramaymiz. Gap borayotgan asar muallifini ayting.