Siz, albatta, rulon qilib o'ralgan qo'sh qog'oz lenta bilan o'qlanadigan, ichiga tez yonuvchi moddadan tayyorlangan tabletkachalar yopishtirilgan o'yinchoq to'pponchani bilsangiz kerak. Tepki bosilganda zarbdor ostiga navbatdagi "tabletkacha" tushadi va u zarbadan portlab, to'pponcha o'q uzishini taqlid qiladi. Ancha oldin, 1879-yilda, bunday lenta qisqa vaqt bo'lsa-da, butunlay boshqa qurilma uchun ishlatilgan. Qaysi qurilma uchun?