1878-yilda Lyudvig Zamengof 900 ta oʻzak soʻz va 16 ta grammatik qoidadan iborat yangi til asoslarining birinchi loyihasini tayyorladi. Bu til, ehtimol sizga maʼlumki, "esperanto" nomini oldi. 1915-yilda esa boshqa bir kishi birdaniga ikkita tilni — biri fin tili, ikkinchisi valliy tili asosida ishlab chiqishni boshladi. Yaqinda ushbu tillarda soʻzlashishiga toʻgʻri kelgan AQSHlik ayolning ismini ayting.