[Oʻquvchiga: "tanqid" soʻzini xuddi qoʻshtirnoq ichida turgandek oʻqishga harakat qiling.] Gʻarbda Deyl Karnegi taʼlimoti kamsituvchi tanqidlar bosimi ostida allaqachon urfdan qolgan. Psixologning hamkasbi Everett Shostrom esa hatto bir kitob ham chiqargan. Bu kitob Karnegini 1878-yilda ilk bor mashhur tanqidi paydo boʻlgan nemis faylasufi bilan bir qatorga qoʻydi. Ushbu faylasufning familiyasini ayting. Shama: Bu faylasuf oʻz hamkasbi va vatandoshi tufayli mashhur boʻlgan.