Klod Monening ilk bor 1873-yilda mashhur Nadar koʻrgazmasida namoyish etilgan "Kaputsinlar bulvari" asari koʻplab tanqidiy fikrlarga sabab boʻlgan. Masalan, tanqidchi Lerua shunday yozgan: "... rasmning pastki qismidagi koʻplab qora tomchilar. Nahotki bular piyodalar boʻlsa? Rassom shunchaki ustimizdan kulyapti!". Odam qiyofalarining noaniq konturlari bu safar nafaqat rassomning oʻziga xos uslubi bilan tushuntirilardi. Aksincha, u oʻz prinsiplaridan biroz chekingan edi. Javob bering: Mone ushbu asar ustida ishlashda nimadan foydalangan?