Diqqat, qora quti! Jamoa vakillari ushbu savolga javoblarni yordamchilarsiz, shaxsan topshiradilar. Toʻgʻri javobni topshirgan oʻn uchinchi jamoa qora quti ichidagi buyumni qoʻlga kiritadi. Manyan – 1871-yil, Dega – 1876-yil, Pikasso va Olivye – 1901-yil, Kernaxan – 1930-yil. Ularni U birlashtirgan. Aytgancha, Ernest Xeminguey UNI Floridadan buyurtma qilar va maxsus favvoracha yordamida tayyorlar edi. Qora qutida nima bor?