1870-yilda amerikalik olim Evan Volfning tadqiqotidan soʻng BUNING foydasi haqida maʼlumot eʼlon qilindi. 1937-yilda oʻtkazilgan yangi tadqiqotlardan soʻng avvalgi natijalar boʻrttirilganligi maʼlum boʻldi. Shunday qilib, raqamdagi xato tufayli BUNING tarkibidagi temir miqdori 10 baravar ortiq koʻrsatilgani bildirildi. BUNU mashhur qilgan personaj ismini ayting.