Terks va Kaykos orollari — Buyuk Britaniyaning Karib dengizidagi mulki — osh tuzi qazib olish bilan mashhur boʻlgan. Bir safar mahalliy hukumat Londonga ushbu hudud gerbi eskizini yuboradi. Londonlik rassom, aftidan, eskizga yaxshi qaramagan va geografiyani undan ham yomonroq bilgan, shuning uchun 1870-yildan 1965-yilgacha orollar gerbida qandaydir inshootni koʻrish mumkin edi. Kanadaning maʼmuriy birliklaridan birining gerbida esa uni hozir ham koʻrish mumkin. Bu qanday inshoot?