Garchi oʻz nomi bilan yunoncha "marvarid" (yoki "sadaf") soʻzidan qarzdor boʻlsa-da, u qimmatbaho toshlarga kirmaydi. Agar 1870-yilda fransuz kimyogari Murye uni ixtiro qilganidan keyin u koʻproq kambagʻal odamlarni xursand qilgan boʻlsa, hozirda oʻz sogʻligʻiga eʼtibor beradigan boy-badavlat kishilar ham undan minnatdor. Bizda esa, Gʻarbdan farqli oʻlaroq, u faqat zarurat tugʻilgandagina birinchi oʻringa chiqadi. Gap nima haqida ketyapti?