1869-yilning o‘sha kunida katta bir fermer xo‘jaligida g‘ala-g‘ovur va hayajon hukmron edi. Hovliga stullar, stollar olib chiqildi, eng yaxshi kumush va chinni idishlar qo‘yildi. Hovliga hamma yig‘ildi: yasan-tusan qilgan xo‘jayinlar, ularning bolalari, oilaviy o‘qituvchi. Xizmatkor ayol charx yonida o‘tirar, ishchilar eng yaxshi asboblarni olib kelishgan edi. Pichoq bilan to‘ldirilgan aravalarga qo‘shilgan otlarni ham keltirishdi. Bu barcha g‘alayonlarga nima sabab bo‘lgan edi?