Progress toʻxtab qolmaydi, shuning uchun hayvonlar insoniyat yaratgan sharoitlarga moslashishga majbur. Masalan, baʼzi "aqlli" qargʻalar butun yongʻoqlarni qatnov qismiga tashlaydi, soʻngra mashina bosib ketgan yongʻoq magʻizlarini yigʻib oladi. Toʻgʻri, navbatdagi mashina urib ketish xavfi tugʻiladi, shuning uchun yanada "aqlliroq" qargʻalar inson 1868-yildan beri foydalanib kelayotgan vositadan foydalanib, hech qanday toʻsiqsiz magʻizlarni yigʻib olishadi. Xoʻsh, bu qanday vosita?