Kontr-admiral Makkenzi tomonidan asos solingan ushbu shaharda boʻlgan Mark Tven 1867-yilda shunday yozgan edi: "Vayron boʻlgan uylar, qulagan devorlar, xarobalar uyumi — toʻliq vayronagarchilik. Goʻyo dahshatli zilzila oʻzining bor kuchi bilan ushbu quruqlik parchasiga yopirilgandek. Bir yarim yil davomida bu yerda urush avj oldi va shaharni shunday xarobalar ichida qoldirdiki, quyosh ostida bundan gʻamlirogʻi boʻlmagan". Ushbu shaharni nomlang.