Qadimgi rimliklar bu hayvonlarni maxsus kataklarda, ya’ni gliariylarda boqishgan va keyin iste’mol qilishgan. Varron va Marsial asarlarida ulardan tayyorlangan taomlar tortilgan ziyofatlar tasvirlangan. Bu hayvonning dasturxon bilan bog‘liq oxirgi eslatmasi 1865-yilga to‘g‘ri keladi. Hozirda uni iste’mol qilish bizga g‘alati tuyulgan bo‘lardi. Gap qaysi hayvon haqida ketmoqda?