Ushbu urushning zamonaviy nomini fransuz tarixchilari faqat 1860-yilda muomalaga kiritishgan. Oʻshandan beri u darsliklar va monografiyalarda muvaffaqiyatli qoʻllanib kelmoqda. Vaholanki, urush qatnashchilarining oʻzlari va keyingi koʻplab avlodlar bunday nomni ishlatishmagan. Aksincha, goʻyoki yagona boʻlgan ushbu urush oʻrniga ular boshqa nomdagi bir qator urushlarni, masalan, Edvard urushi, Lankaster urushi, Dyugesklen urushi va hokazolarni eslashgan. Fransuz tarixchilari qanday nom oʻylab topishgan?