Koʻpchilik xalq qoʻshigʻi deb hisoblaydigan ushbu qoʻshiq — Saratovda yozilgan barcha qoʻshiqlar ichida eng mashhuridir. Uning muallifi — "Saratovskiy listok" gazetasi musiqa tanqidchisi Ivan Petrovich Larionov boʻlib, u ilk bor 1860-yilda ijro etilgan. Qoʻshiq matnida uchta oʻsimlik tilga olinadi: birinchisi shilvidoshlar oilasiga, ikkinchisi raʼnoguldoshlar oilasiga mansub. Matnga koʻra, qahramonning uyqusiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan uchinchi oʻsimlikni ayting.