Maʼlumki, Parijda uzoq vaqt davomida akademik rangtasvir va haykaltaroshlik minbari Salon — har yili oʻtkaziladigan koʻrgazma boʻlib, unga ishlarni Fransiya Akademiyasi hakamlar hayʼati tanlab olgan. Taxallusini siz biladigan, biz esa soʻramayotgan inson tufayli 1859-yilgi Salonda shov-shuv koʻtarildi va hatto sanʼatning oxiri haqida gapira boshlashdi. Oʻsha yili Salonga nima qabul qilingan edi?